Minorai kalon

Ark — Oʻrta Osiyo koʻhna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qalʼaband oʻrda. Yozma tarixiy manbalarda koʻhandiz, diz, koh, qasr, qalʼa, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland doʻnglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan oʻralgan, bir yoki ikki darvozasi boʻlgan. Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba va b. binolar boʻlgan. Buxoro arki, Qoʻqon oʻrdasi. Koʻhna ark tashqi qal`aband devorlari. ichkaridagi serhasham saroy binolari saqlanib qolgan.

Minorai kalon (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). M.k. oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chu-qur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga oʻtiladigan koʻprikcha boʻlgan. M.k.ning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok lo-yida terilgan.
Bezak gishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari gʻishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan (keyinchalik toʻkilib ketgan). M.k. shu turdagi qad. inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi. handasiy uygʻunlik, ajoyib koʻrk va ma-hobatlilik M.k. ga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi.

Tanasi va muqarnaslari taʼmir etilgan (1924). Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib taʼmirlangan (1960). Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan M.k.da taʼmirlash ishlari olib borildi (1997). M.k. Buxoro sh.ning noyob va qoʻhna yodgorlikdari qatoridan markaziy oʻrin egallagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *